Surxondaryo viloyatining besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi:

2017-2021 yillarda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 117% ga oshib, 9,5 mln soʼmni tashkil etdi.

 Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2,6 trln soʼmdan - 26 trln soʼmga (oʼsish 108,9%) oshdi.

 2017 yilda 11,8 trln. soʼmlik qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtirilib, aholi jon boshiga 1,7 mln soʼmdan toʼgʼri kelgan, 2021 yilga kelib ushbu mahsulotlar 26 trln soʼmni, aholi jon boshiga 7,8 mln soʼmdan toʼgʼri kelmoqda yoki 4,5 barobar oʼsishi taʼminlandi.

 Xizmat koʼrsatish sohasida 2017 yilda 4,5 trln. soʼmlik (105,8 foiz) xizmatlar koʼrsatilgan, 2021 yilga kelib 3 barobarga 11,1 trln. soʼmga yetkazilishi kutilmoqda.

134 ta korxona eksport faoliyatini amalga oshirgan, bugungi kunda eksportyor korxonalar soni 327 taga yetdi.

 Dunyoning 45 ta davlatiga eksport yoʼlga qoʼyildi.

 Аholining ichimlik suv bilan taʼminlanganlik darajasi 42,7 foizdan 59,6 foizga yetkazildi

Besh yil mobaynida Surxondaryoda 160 mingta ish oʼrni yaratildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.