Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Xolliyeva Shohida Boymatovna Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U tayinlovga qadar Termiz shahridagi "Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi" direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Xolliyeva 1971 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. Termiz davlat universitetini boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Termiz shahrida maktab direktori o‘rinbosari, maktab direktori, Termiz tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimlarda ishlagan.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.