To‘ra Bobolov Uzun tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Joriy yilning 20 noyabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov xalq hayotidan yaqindan xabardor bo‘lish, aholining talab va ehtiyojlarini tizimli o‘rganish, aniqlanayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida Uzun tumanidagi Ulanqul mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Viloyat hokimligi apparati tegishli mas’ullari, davlat boshqaruvi organlarining viloyat hududiy tashkilotlari, korxonalari va muassasalari rahbarlari, Uzun tumani hokimi, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi  tashkilotlar, (https://t.me/axborot_xizmati/9997) korxonalar va muassasalar rahbarlari ham ishtirok etgan ochiq muloqotda Uzun tumani Ulanqul, Nurafshon va Uzunqishloq mahallalaridagi 100 dan ortiq fuqaroning ichimlik va oqova suvi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar, tibbiy xizmat ko‘rsatish, uy-joylarni ta’mirlash, obodonlashtirish sohalaridagi muammolari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, mazkur mahallalar ko‘chalarida elektr ustunlari o‘rnatish, Ulanqul va Nurafshon  mahallalari hududidagi 25 km ichki yo‘llarni toshlash, yangitdan suv qudug‘i qazish, 120 o‘rinli bog‘cha qurish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida bir dona yuqori tibbiy avtotransport vositasi ajratish masalalarni hal etish yuzasidan vakolatli davlat idoralariga muddat belgilanib, nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimi mas’ul ijrochilarga berilgan topshiriqlar ijrosini hal etmasdan, o‘z holicha tashlab qo‘yilishi, sansalorlikka solinishi, uning ijrosi bo‘yicha viloyat hokimligiga noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish natijasida takroriy murojaat qilinishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, javobgarlik choralari qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.