Ichimlik suvi va suvoqava xizmati uchun yangi billing to‘lov tizimi

“O‘zsuvta’minot” AJ “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda jismoniy shaxs-abonentlarga 2021 yilning sentabr oyida joriy etilgan UzWater billing tizimi doirasida “Shaxsiy kabinet” xizmatini taklif qilmoqda.

Shaxsiy kabinetdan foydalanish uchun:

1) https://cabinet.uzsuv.uz saytiga o‘z shaxsiy hisob raqamingizni kiritasiz;

2) Tizimga biriktirilgan mobil telefon raqamiga kelgan kodni kiritasiz (birinchi marta kirish uchun) va Siz shaxsiy kabinetdasiz.

Abonentlarimiz takliflarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan shaxsiy kabinet orqali Siz:

- hisoblagich ko‘rsatkichini masofadan turib yuborishingiz (har oyda yuborilishi hisob-kitoblarning to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydi);

- amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz;

- ichimlik va oqova suv uchun to‘lovlarni o‘zingizga qulay elektron to‘lov tizimlari orqali onlayn amalga oshirishingiz;

- ichimlik va oqova suv xizmatlariga oid shaxsiy ma’lumotlarni kuzatishingiz va murojaat qilishingiz;

- shaxsiy kabinetga kirish uchun parolni yangilashingiz va boshqa qulayliklardan foydalanishingiz mumkin.

Savollaringiz bo‘lsa, SuvniAsra mobil ilovasi, 12-55 yagona koll-markazi (24/7 rejimda), uzsuv_chat telegram chati va ijtimoiy tarmoqlardagi “O‘zsuvta’minot” AJ  sahifalari orqali murojaat qiling.

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.