Oʼzbekiston rasmiylarini Аfgʼoniston muvaqqat hukumati vakillari kutib oldi

Oʼzbekiston Respublikasining birodar afgʼon xalqiga 63 vagonda oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda koʼmir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan ezgulik poezdi Termiz shahridagi "Аyritom" xalqaro chegara oʼtkazish punktida Аfgʼonistonning Mozori Sharif shahriga joʼnatildi.

Ikki mamlakat xalqlari birdamligi, birligining yana bir ifodasi boʼlgan ushbu insonparvarlik yordami 1000 tonna un, 60 tonna shakar, 200 tonna guruch, 10 ming dona yogʼ, 26 ming 500 dona murabbo, 26 ming 200 dona sabzavot konservasi, 30 tonna pishiriq, 14 ming 200 dona bir martalik tayyor ovqat (doshirak), 20 ming dona ayollar va erkaklar kiyimi, 15 ming dona erkaklar, ayollar va bolalar paypogʼi, shuningdek, koʼmir yoqilgʼisidan tashkil topgan boʼlib, u "Hayraton – Mozori Sharif" temir yoʼli orqali 63 ta vagondan iborat ezgulik poezdida yetkazildi.

Shu munosabat bilan Mozori Sharif temir yoʼl stantsiyasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Аfgʼoniston boʼyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov, Аfgʼoniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri oʼrinbosari Mulla Sher Muhammad Аbbos Stanikzay, Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza, Kunar viloyati gubernatori Mavlavi Qosim va boshqa rasmiylar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.