Taxiatosh tumanini rivojlantirishda Surxondaryo viloyati tajribasi qoʼllaniladi

Prezident topshirigʼi bilan Respublika viloyatlari Qoraqalpogʼistondagi barcha tumanlarga biriktirilgan boʼlib, Surxondaryo viloyatiga Taxiatosh tumanini oʼz tajribasi asosida rivojlantirishga koʼmaklashish belgilangan.

Ishchi guruh aʼzolari dastlab tumanning mavjud imkoniyatlarini oʼrganish maqsadida sanoat va qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shu asosda bu yerda mahalliy mutasaddi va mutaxassislar bilan birgalikda tumanni 2022-2024 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari rejasi ishlab chiqiladi.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.