Surxondaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi Toʼra Bobolovning navbatdagi "Tadbirkorlar qabuli" boʼlib oʼtdi.

Unda viloyat hokimining oʼrinbosarlari, kotibiyat mudirlari, viloyat prokurori oʼrinbosari, Termiz shahar va barcha tumanlar birinchi oʼrinbosarlari, iqtisodiy korxonalar va aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda shahar va tumanlaridan 22 nafar tadbirkor oʼzini qiynayotgan masalalar boʼyicha viloyat rahbariga murojaat qildi.

Murojaatlarning asosiy qismi tijorat banklaridan kredit olish, oʼz faoliyatini kengaytirishga koʼmaklashish maqsadida bino va yer maydoni ajratish, kommunal sohadagi muammolar va boshqa sohalarga oid masalalar bilan bogʼliq boʼldi.

Qabulda qatnashgan tadbirkorlardan 9 nafarining murojaati joyida hal etilgan boʼlsa, yechimi maʼlum vaqt talab etiladigan 13 ta masala boʼyicha aloqador tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.