Surxondaryoda 2021 yil faollari taqdirlandi

Surxondaryoda 2021 yilda jamiyat hayotida faol ishtirok etib, yoshlarga ibrat boʼlib kelayotgan nuroniylar, ilm-fan, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh vohadoshlarimizni tantanali taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari, aholi vakillari ishtirokida Termiz shahridagi “Bolajon” bogʼi hududidagi mobil sahnada oʼtkazilayotgan ushbu tadbirda viloyat hokimi Toʼra Bobolov jamiyat hayotidagi samarali faoliyati, faolligi va tashabbuskorligi uchun taqdirlanuvchilarga minnatdorlik bildirib, hokimlikning faxriy yorligʼi va esdalik sovgʼalarini topshirdi.

Tantanali marosim sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʼshiq va raqslarga, Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokida fotosessiyalarga ulanib ketdi.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.