Toʼra Bobolov: Respublikadagi eng arzon uylar Surxondaryoda boʼlishi kerak. Sababi qurilishda ishlatiladigan tosh, sement, gʼisht, beton plitalar viloyatda ishlab chiqariladi.

Mamlakatimizda nogironligi bor, mehnatga layoqati cheklangan, fuqarolar har tomonlama qoʼllab-quvvatlanmoqda. Bu islohotlar samarasi yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʼlib yashashida oʼz ifodasini topmoqda.

Yangi yil bayrami arafasida Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Manguzar mahallasida uy-joyga muhtoj yurtdoshlarimiz uchun bunyod etilgan yangi uylar oʼz egalariga topshirildi. Unda viloyat hokimi Toʼra Bobolov ishtirok etib, xonadon egalarini yangi uy-joylar bilan tabrikladi.

– Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan xayrli ish bugun yana 100 nafar oilalar, nogironligi boʼlgan xotin-qizlarning qalbida ertangi kuniga umid va ishonchini mustahkamladi, – dedi Toʼra Bobolov. – Bu kun sizlar uchun qanchalik qadrli ekanligini men yuragimdan his qilaman. Ushbu oilalar davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlanib, uy-joylari uchun boshlangʼich toʼlovi toʼlab berildi. Eng asosiysi, bu uy-joylar ham mustahkam, yashash uchun tayyor holda nisbatan arzon narxda sizlarga topshirilmoqda. Yaʼni, 1 kv. metr uchun 3 mln. 200 ming soʼm. Bundan keyin shahar va tumanlarda shunday uylar quriladi. Buning uchun viloyatimizda barcha imkoniyat mavjud. Qurilish materiallarning deyarli barchasi oʼzimizda ishlab chiqariladi. Qum-tosh, sement, gʼisht, beton plitalar boshqa hududlar kabi uzoqdan olib kelinmaydi. Xoʼsh, nima uchun qimmat boʼlishi kerak?! Endi quriladigan yangi uylar xalqimizga maʼqul keladigan narxlarda qurilishi kerak. Bu asosiy talablardan biri boʼladi.

Viloyat rahbari keng jamoatchilik vakillari ishtirokida uy-joyga muhtoj 100 nafar fuqaroga yangi uylarning kalitlarini tantanali topshirdi.

Shundan soʼng, nuroniylar hamrohligida xonadonlarda boʼlib, uy egalarining quvonchiga sherik boʼldi.

– Ikkinchi guruh nogironiman. Аyolim universitetda farrosh boʼlib ishlaydi. Bir nafar farzandimiz bor. 22 yildan beri opamning uyida yashar edik. Yaratganning oʼziga shukur! Mana, yangi yilni endi oilam bilan oʼzimizning uyimizda kutib oladigan boʼldik. Prezidentimizga mingdan-ming rahmat. Yillar davomidagi orzu va armonlarimizni ushalishi uchun asosiy sababchi boʼldilar, – deydi xonadon egalaridan biri Аlisher Saidmurodov.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.