Toʼra Bobolov bemor bolajonlar holidan xabar olib, yangi yil sovgʼalarini ulashdi

Begʼubor qalblarga quvonch, xush kayfiyat va umid uchqunini ulashish maqsadida bugun viloyat hokimi Toʼra Bobolov ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi bilan birgalikda yangi yil munosabati bilan viloyat bolalar koʼp tarmoqli tibbiyot markazida boʼlib, bemor bolalar holidan xabar oldi hamda ularga bayram sovgʼalarini ulashdi.

– Farzandim kasal boʼlganligi uchun Yangi yilni oila davrasida kutib ololmadik. Viloyat hokimining oʼzlari kasalxonaga kelib, bayram bilan tabriklaganlari biz onalarni koʼnglini togʼdek koʼtardi. Toʼgʼrisi buni kutmagan edim. Аyniqsa, bolajonlarni quvonchini koʼrib, gʼuborlarimiz aridi. Buning uchun katta rahmat aytaman – deydi Karomat Mirzaqulova.

Kutilmagan bayram tashrifi 75 nafar bolajonlar uchun bir olam quvonch hadya etdi.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.