Shahar va tuman hokimliklarining faol axborot xizmati rahbarlari eʼtirof etildi

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot asrida yangiliklarni keng auditoriyaga tezkorlik, xolislik va aniqlik bilan yetkazib berishda axborot xizmatining faoliyati alohida oʼrin tutadi.

Yurtimizda yuz berayotgan oʼzgarishlar, viloyatda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlarning tub mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdagi faolligi hamda hayotning qaynoq nuqtalarida turib, muayyan voqelikka oʼz vaqtida bildirayotgan xolis va tezkor munosabati, xalqimizning mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada oshirishga qoʼshayotgan hissasi uchun bir guruh faol shahar va tuman hokimliklarining axborot xizmati rahbarlari taqdirlandilar.

Ularga viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovgʼalarini viloyat hokimining birinchi oʼrinbosari Fayzulla Mamanov topshirdi.

Tadbirda sohani yanada rivojlantirish maqsadida yangi gʼoya va takliflar oʼrtaga tashlandi.

Shuningdek, mazkur tashabbusni davom ettirish maqsadida viloyatimizdagi faol jurnalist va blogerlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida ragʼbatlantirishga kelishib olindi.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.