Termiz shahrida “Mahallabay” ishlashning yangi tizimi amalda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 yanvar kuni mahallabay ishlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash buyicha 2022 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi “Pattakesar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbir doirasida mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, 210 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, reja bo‘yicha mahalla hududidagi joylashgan 1 km. dan ortiq ko‘chalarga tosh-qum aralashmasi to‘kish ishlari amalga oshirildi. Malakali mutaxassislar tomonidan mahalla aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya fondi tomonidan 9 turdagi bepul dori-darmonlar va ko‘zoynaklar berildi.

Mahalladagi 15 ta muddatini o‘tagan elektr yog‘och ustunlar beton ustunlarga almashtirildi. Mahalla aholisi va shahar tashkilotlari ishchi xodimlari bilan birgalikda hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yo‘l yoqalariga 1000 tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

Kuni kecha boshlangan tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan birma-bir tanishdi. Mahallada olib borilayotgan ishlarni sifatli va rejali asosda tashkil etilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari mahalla hududida yillar davomida qarovsiz bo‘lib turgan va ayni vaqtda zamonaviy ko‘rinishda qayta ta’mirlanib, zarur jihozlar bilan ta’minlangan Termiz shahar 5-sonli oilaviy poliklinikasi shaxobchasining tantanali ochilish tadbirida ishtirok etdi. 

Kun davomida mahalladagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga 1000 nafarga yaqin xasharchilar ishtirok etdi.

Keng ko‘lamda boshlangan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.