Prezident huzurida g‘allachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Bugungi kunda xalqaro birjalarda 1 tonna bug‘doy 400 dollardan sotilmoqda va yil boshiga nisbatan 30 foizga oshdi.

Bunday vaziyatda narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bu – fermerlar manfaatdorligini ta’minlash, hosildorlikni oshirish orqali bozorda taklifni ko‘paytirish hiso“Ko‘rib turibsizlar, jahon bozorlarida oziq-ovqat narxlari kun sayin yuqori sur’atlar bilan o‘smoqda.

blanadi.

Buning uchun g‘allachilikda bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish zarur.

Biz bu islohotlarga uzoq tayyorgarlik ko‘rdik. Barcha masalalarni puxta hisob-kitob qilib, bu ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib kelayapmiz”, dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

Sohada xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani tufayli uning ulushi tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

Xususan, so‘nggi uch yilda hududlarda quvvati qariyb 3 million tonna bo‘lgan 160 dan ortiq yirik xususiy don korxonalari ish boshladi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.