60 dan ziyod tadbirkorning muammolari tinglandi

Surxondaryo viloyati hokimligida xususiy sektor vakillarini o‘ylantirayotgan muammolarni hal etish hamda yangi istiqbolli g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli” bo‘lib o‘tdi.

Qabulda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Biznes-ombudsman o‘rinbosari Jamshid Urunov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, tijorat banklari rahbarlari, tegishli korxona va tashkilot hamda shahar, tuman hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Qabulda viloyatimiz shahar va tumanlaridan 63 nafar tadbirkor o‘zini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qildi. Ushbu murojaatlarning 11 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan 52 ta masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.