Denov tumanida ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Denov tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxan Xudaybergenov rahbarligida o‘ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlari ishtirokidagi ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.

Sayyor qabulda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, viloyat, aloqador tumanlar hokimliklari mutasaddilari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ham qatnashmoqda.

Qabulga hozirga qadar viloyat hokimiga Denov, Oltinsoy va boshqa tumanlardan murojaat qilish uchun 220 nafar fuqaro ro‘yxatga olindi hamda ularning 94 nafarining murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 22 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan boshqa masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.