Murojaat va ijro: 8 nafar ayollarga tikuv mashinasi topshirildi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining Surxondaryo viloyatida joriy yil 11-16 iyun kunlari o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabullarida jami 4307 ta murojaat qabul qilingan bo‘lsa, ularning 2113 tasi viloyat hokimi To‘ra Bobolov tomonidan tinglandi. Viloyat hokimiga kelib tushgan murojaatlarning 287 tasi ijobiy hal etilgan hamda 290 ta murojaat mualliflariga huquqiy maslahat va tushuntirish berildi. Alohida o‘rganish va katta mablag‘ talab etiladigan 1536 ta masalaga aniq muddat va mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olingan edi.

Ushbu murojaatlar ham belgilangan muddatlarda ijobiy hal etilmoqda. Jumladan, SHo‘rchi tumanida yashovchi fuqarolar Dilafro‘z Ziyayeva, Nigora Xolmurodova, Anarxol Karimovalar, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi Go‘zal Yarashova, Jarqo‘rg‘on tumani fuqarolari Shahnoza Shokirova, Go‘zal Shonazarova, Nigora Turdiyeva, Nodira Djurayevalar viloyat hokimga murojaat qilib, bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun tikuv mashinalari so‘rashgan edi. Murojaatga asosan zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.