Festival doirasida viloyat yosh baxshilar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Termiz shahrida o‘tkazilayotgan viloyat yoshlar festivali doirasida  yosh baxshilar ko‘rik-tanlovi ham o‘tkazildi.

Baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internatida tashkil etilgan tanlovda har bir hududdan ikki nafardan, jami 30 nafar yosh baxshilar ishtirok etdi. Yosh baxshilar uch guruhda o‘zaro bellashdilar. I guruh 5 yoshdan-15 yoshgacha, II guruh 16 yoshdan-22 yoshgacha, III guruh 23 yoshdan-30 yoshgacha belgilandi.

Tanlovda 1-o‘rinni egallagan Olim Aliqulov 3 million, 2-o‘rinni egallagan Shahriyor Toshtemirov 2 million, 3-o‘rinni egallagan Diyor Rasulov 1 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Dilnoza Lazizova “Eng yosh baxshi”, Akram Mamarajabov “Eng yaxshi doston ijrochisi”, Abdulaziz Normurodov “Eng yaxshi kuy ijrochisi”, Bekzod Hamidov “Eng yaxshi terma ijrochisi” nominatsiyalari bo‘yicha esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.