Surxondaryo viloyati hokimligi
Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida: viloyat hokimi "Gulbahor" mahallasi yoshlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritirish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasini aholi o‘rtasida targ‘ib qilish va aholi vakillari, jumladan yoshlar bilan uchrashish maqsadida viloyat hokimi To‘ra Bobolov Termiz tumani “Gulbahor” mahallasida bo‘ldi.

Uchrashuvda viloyat hokimi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida tushuntirishlar berib, aholi birdamlik ko‘rsatgan holda muhokamalarda faol ishtirok etishlari, referendumda ishtirok etib, o‘z kelajaklari uchun ovoz berishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, bugungi tahlikali zamonda xalq birdamligi har doimgidanda muhim ekanligini qayd etib o‘tdi.

Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari ham o‘tkazilib, viloyat hokimi g‘oliblarga pul mukofotlari va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.