Muammo, murojaat va yechim
Viloyat hokimining aholi bilan navbatdagi uchrashuvi Boysun tumanida bo‘lib o‘tdi. Tumanning “Boshrabot” mahallasi hududidagi 35-sonli maktab binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat rahbari tomonidan 58 nafar fuqaroning turli masalalardagi 74 ta murojaati tinglandi. Bu murojaatlarning 25 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.
Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi Turkiy davlatlar tashkiloti darajasidagi tashabbusga aylandi
Sammitning asosiy tadbirlaridan keyin, turkiy davlatlar yetakchilari Registon maydoniga tashrif buyurdi. O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va Vengriya yetakchilari majmua bog‘iga ko‘chatlar ekdi.
DIQQAT TANLOV!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 oktabrdagi 548-F-sonli farmoyishining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” Injinering kompaniyasi buyurtmachiligida hududlarni rivojlantirishning yagona konsepsiyasi – “Master-reja”ni ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlar sohasi rivojlangan mamlakatlarning konsalting, arxitektura va loyiha kompaniyalari ekspertlari bilan “Master-reja”larni ishlab chiqish bo‘yicha istisno tariqasida eng yaxshi takliflarni tanlash maqsadida tanlov e’lon qiladi
Odob-axloq qoidalariga rioya etish har bir Davlat xizmatchisining majburiyatidir!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali, Adliya boshqarmasi hamda Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Davlat fuqarolik xizmatchisi – qonunlar nigohida” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi. O‘quv-seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad – viloyatda davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari rahbarlarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda salohiyatini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz