Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan aholi bilan bevosita ishlovchi “mahalla yettiligi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi va agrotexnik tadbirlarning borishi bilan tanishdi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Termiz xalqaro savdo markazi”dagi qabuldan so‘ng, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurdi.
Bugun Polsha davlatining “Polsha-Osiyo” Savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski boshchiligidagi delegatsiya Termiz shahriga tashrif buyurdi.
To‘rtta tumanda g‘o‘za va g‘alla parvarishi ishlarining borishi muhokama qilindi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘lib, ishchi guruhlari tomonidan g‘alla hamda g‘o‘za parvarishi tadbirlarining borishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini muhokama qildi. Xususan, Qiziriq tumanida o‘tkazilgan muhokamada Bandixon tumanidagi o‘rganishlar ham tahlil qilindi.
Fotogaleriya | “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi konsert dasturi davom etmoqda
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
Boysun tumani Bibishirin mahallasidagi turizm kompleksining markaziy amfiteatrida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni xalqaro festival tantanalari bilan qutladi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijiy mehmonlar hamda vohamiz faollari bilan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali tadbirlari o‘tkazilayotgan turizm kompleksiga tashrif buyurdi.
Ayni kunlarda ko‘hna Boysun tumanining Bibishirin mahallasida bunyod etilgan turizm kompleksida har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Surxondaryo viloyatida eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun, 4 mart kuni Germaniya, Avstriya, Xitoy, Koreya, Hindiston, Rossiya, Belorusiya, Afg‘oniston va Tojikiston singari hamkor davlatlarning viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 70 nafardan ortiq ishbilarmon doira vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.